NAQQOSHLIK

NAQQOSHLIK, naqshkorlik — amaliy sanʼatning qad. sohasi; naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), axta, andoza tayyorlaydi. Amaliy sanʼat ustalari 2 xil usulda bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan axta, andoza yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-toʻgʻri bezash jarayoni-daustalar tasavvurining mahsuli si-fatida yaratiladi. Naqqoshlikda naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib beradilar, bunday naqshlarni meʼmorlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va b. dagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish mumkin. Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, uzoq mashq-malaka talab qiladi. Naqqoshlar oʻtmishda xalq ustalarining eng bilim-don, isteʼdodli qismini tashkil etgan, ular ustodlarda taʼlim olgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan.

Oʻrta Osiyo hududidagi meʼmoriy yod-gorliklar, arxeologik qazilmalar Naqqoshlikning bu yerda qadimdan rivojlanganligini koʻrsatadi. Amaliy bezak sanʼati turlari (kulollik, miskarlik, zargarlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va b.) hamda meʼmorlikning taraqqiyoti Naqqoshlikning ham rivojini taqozo etdi. Qoʻyqirilganqalʼa, Tuproqqalʼa, Koʻhna Urganch, qad. Ter-miz, Ayritom, Bolaliktepa, Varaxsha, Afrosiyob va b. joylardan topilgan turli xil uslubdagi naqsh namunalarining jozibadorligi ajdodlarning yuksak madaniyatidan darak beradi. Naqqoshlik, ayniqsa, oʻrta asrlarda (9—12, 14—15, 18—19-a. lar) da keng tarqaldi. Kito-bat sanʼatiaa qoʻlyozmalarni moʻjaz asarlar bilan bezashda Naqqoshlik, musavvirlik asosiy oʻrin tutadi; meʼmorlikda na-qshlarni qoʻllash, ayniqsa, taraqqiy etib, oʻz qonunqoidalari hamda uslublari, oʻziga xos ranglar uygʻunligiga va mustaqil mujassamotlariga ega boʻlgan.

Oʻzbekistonning turli viloyatlaridagi meʼmoriy yodgorliklar, idish, buyum, mehnat qurollaridagi naqshlarda umumiylik koʻzga tashlansada, Buxoro, Xiva, Fargʻona, Toshkent va b. joylarda shu yerlarning oʻziga xos naqsh uslublari vujudga kelgan. Naqqoshlik avloddan-avlodga oʻtgan, shogirdlar ustozlaridan oʻrgangan naqsh namunalarini isteʼdodlari darajasida boyitib borganlar, Naqqoshlikni rivojlantirganlar. Oʻzbekiston hududi (turli mintaqalari)da oʻziga xos boʻlgan Naqqoshlik maktablari shakllangan. Shunga koʻra, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Fargʻona vodiysi, Toshkent Naqqoshliki ayrim oʻziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. 20-a. oʻrtalaridan Naqqoshlik bezak mujassamotlariga tasvirlar (meʼmoriy obi-dalar, kishilar portretlari va b.) ham kiritila boshlandi. Jumladan, kandakori buyumlar bezagida meʼmoriy obi-dalar, chinni buyumlar bezagida esa atoqli kishilarning portretlari va b. oʻz ifodasini topdi.

20-a. 90-y. laridan Naqqoshlik ustalari ijodiy markaz va uyushmalarga birlashgan holda ijod qilmoqda. «Usto» «Musavvir», «Hunarmand» ustalari ijodi diqqatga sazovor. Naqqoshlik keng taraqqiy etgan boʻlib, ustalar yangi qurilayotgan inshootlarda hamda madaniy yodgorliklarning taʼmirida faol ishtirok etmoqda. Bevosita ularning ishtirokida «Oqsaroy» qarorgohi, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, «Turkiston» konsert zali, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolari bezalgan. Usta naqqoshlardan M. Toʻrayev, A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliyev, S. Shukurov va b. N. rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Naqqoshlik buyumlari bilan ustalar xorij koʻrgazmalarida qam faol qatnashadi.

Malakali naqqosh ustalar qadimdan usta-shogird usulida tayyorlangan. Hoz. kunda ham shu usulda naqqosh ustalar tayyorlash saqlangan, shuningdek, maxsus bilim yurtlari, kollejlarda, ba-diiy markazlarda Naqqoshlik boʻyicha ham muta-xassislar tayyorlanadi.

Poʻlat Zohidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x