NAPOLEON III

NAPOLEON III, Lui Napoleon Bonapart (1808—73) — Fransiya imperatori (1852—70). Napoleonning jiyani. N. III Shveysariya, Italiya va b. mamlakatlarda quvgʻinlikda hayot kechirgan (1848). 1836 va 1840-y. larda Fransiyada hokimiyatni qoʻlga olishga urinib koʻrgan. 1840-y. da Gam kalʼasiga bir umr qamoqqa hukm qilingan. 1846-y. Buyuk Britaniyaga qochgan. 1848-y. fev. inqilobidan soʻng Fransiyaga qaytib kelgan hamda yirik sarmoyadorlarning diktatorlik rejimiga intilishidan foydalanib, 1848-y. 10 dek. da respublika prezidenti qilib saylangan. 1851-y. 2 dek. da inqilobga qarshi davlat toʻntarishi qilib, qonun chiqaruvchi majlisni tarqatib yuborgach, butun hokimiyat prezident qoʻliga oʻtgan. Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon qilingan (1852-y. 2 dek.). Fransiya Napoleon III Sh hukmronligi davrida Qrim urushida, Avstriya-Italiya-Fransiya urushi (1859) da, Hindixitoy (1858-62), Suriya (1860—61), Meksika (1862—67) va b. mamlakatlarga qilingan intervensiyalarda qatnashgan. Fransiya-Prussiya urushi (Sedan jangi)da prusslarga asir tushgan (1870.2.9.) Parijdagi 1870-y. sent. inqilobi natijasida taxtdan agdarilgan. Umrining oxirigacha Angliyada yashagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x