NANSEN

NANSEN (Nansen) Frityof (1861.10.10 — Kristianiya (hoz. Oslo) yaqinida — 1930.13.5) — norveg sayyohi, okeanograf, jamoat arbobi. 1880—82 y. larda Kristianiya un-tida oʻqigan. 1897-y. dan oʻsha un-tda zoologiya prof., Peterburg FA faxriy aʼzosi (1898). 1888-y. da birinchi boʻlib changʻida Grenlandiyaning jan. qismini kesib oʻtib, uning ichki r-nlari butunlay muz bilan qoplanganligini anikladi. 1893-y. maxsus qurilgan «Fram» kemasida Shim. qutbni zabt etish maqsadida yoʻlga chiqadi va Shpisbergen o. gacha yetib bordi. 1895-y. da Nansen ekspeditsiya qatnashchisi F. Ya. Iogansen bilan «Fram»ni tark etib, i. t. oʻtkazish uchun qutb tomon yurdi, lekin 86°14ʻ sh. k. dan orqaga qaytishga majbur boʻldi.

«Fram»da okeanografik, meteorologik kuzatuvlar olib borildi, Shim. Muz okeani sayoz emasligi aniklan-di, suzib yurgan muzlar harakatiga Yerning sutkalik aylanishi taʼsiri kashf qilindi. Nansen 1902-y. da Kristianiyada Markaziy okeanografik lab. tashkil etdi. 1913-y. da Shim. Muz okeani qirgʻogʻi boʻylab suzib, Yenisey daryosi quyilish joyigacha yetib bordi, undan Sharqiy Sibirning jan. qismi va Uzoq Sharqqa sayohat qildi. 1914—18 y. larda Millatlar ligasining harbiy asirlar masalasi boʻyicha Bosh komis-sari boʻlgan. Nansen no-miga Arktika va Antarktikada bir qancha obyektlar qoʻyilgan. Insonparvarlik faoliyati uchun Nansenga Nobel Tinchlik mukofoti berilgan (1922).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x