NANKIN

NANKIN (xitoycha Nanszin — jan. poytaxt) — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Szyansu provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 5,3 mln. kishi (1998). Yanszi daryosi quyi oqimidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Dengiz kemalari kira oladigan port. Mamlakatning yirik iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan. Stanoksozlik, elektr va radio apparaturalari i. ch., avtomobilsozlik va q. x. mashinasozligi, metallurgiya, kimyo, sement, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiklik elektr st-yasi mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Nankinda Xitoy FAning filiali, tuproqshunoslik va geografiya in-tlari, un-t va b. oliy oʻquv yurtlari, kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bogʻlari, rasadxona bor.

Nankinga mil. av. 472-y. da asos solingan. Turli davrlarda shahar nomi har xil atalgan. 1368—1421-y. larda mamlakat poytaxti. 1421 — 1911-y. larda Szyannan noyibligining markazi. 1853—64 y. larda Taypinlar davlati poytaxti. 1911 — 12 y. larda Sun Yatsen boshliq Xitoy Respublikasi hukumatining qarorgoxi. 1912-y. dan Szyansu provinitsiyasining maʼmuriy markazi. Maʼmuriy va tarixiy yodgorliklardan «Imperator shahri» (14—15-a. lar), shahar devori (uz. 34 km), ibodatxonalar, mak,baralar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x