NAMSARAYEV Xoda Namsarayevich

NAMSARAYEV Xoda Namsarayevich (1889.27.4, Kijincha qishlogʻi, hoz. Buryatiyaning Xorin aymogʻi — 1959.28.7, Ulan-Ud e) — buryat yozuvchisi. Buryat adabiyotining asoschilaridan. Ijodi 1919-y. dan boshlangan («Qorongʻulik» pyesasi). «Orakul Dambi» (1920), «Xoʻja-yin va batrak» (1930) hikoyalarida buryat xalqining hayoti aks etgan. «Sirempil» qissasi va «Shunday boʻlgan…» hikoyalar toʻplami buryat adabiyotida yaratilgan eng yaxshi asarlardan biri. Xalq ogʻzaki materiallari asosida «Alamja Mergen» (1936), «Sogaaday se-sen», «Xaraltuur xaan» asarlarini yozgan. «Tongda» romani (1950) muallifi. Urushdan soʻng Namsarayevning «Tanlangan asarlar» (1948), «Tanlangan sheʼrlar» (1949) va 5 jildli asarlar toʻplami nashr qilingan (1957—59).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x