NAMOZSHOMGUL

NAMOZSHOMGUL (Mirabilis L.) – na mozshomguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik va bir yillik oʻsimliklar turkumi; ekma gul turi. Vatani — tropik Amerika. Oʻzbekistonda 2 xil turi uchraydi. Hidsiz Namozshomgul (M. jalopa L.), xushboʻy Namozshomgul (M. odorata L.). Bir yillik manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Boʻyi 40 — 80 sm, sershox, tukli. Ildizi urchuqsimon, yoʻgʻon. Bargi uzun bandli, tubi yumaloqyoki yuraksimon, uchi oʻtkir. Gullari qizil, sariq, oq. Gulqoʻrgʻoni shingilsimon toʻpgul. Iyuldan sovuqtushguncha gullab urugʻlaydi. Gullari kunduzi yopilib, kechqurun ochiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x