NAMANGANTEKSTIL AKSIYADORLIK JAMIYATI

«NAMANGANTEKSTIL» AKSIYADORLIK JAMIYATI — «Oʻzbekengilsanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi yirik toʻqimachilik korxonasi. Korxonada, asosan, paxta tolasidan kalava ip, sur (xom) va tayyor gazlamalar, notoʻqima matolar hamda xaridorlar buyurtmasi asosida tikuvchilik mahsulotlari tayyorlanadi.

Korxona 1967-y. da Namangan shoyi va kostyumbop gazlamalar k-ti nomi bilan ishga tushirilgan. 1974-y. da OʻzSSR 50 yilligi nomidagi «Namangan shoyi ishlab chiqarish» birlashmasi deb nomlandi. 1994-y. da birlashma ochiqturdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 1998-y. dan hoz. nomda. «Namangantekstil aksiyadorlik jamiyati» a. j. viskoza, lavsan tolalar va ularning aralashma tolalaridan koʻylakbop, plashbop gazlamalar, sunʼiy ip gazlamalar i. ch. ga ixtisoslashdi. Chetdan sunʼiy tolalarni xarid qilish imkoniyatlari cheklanganligi sababli k-tda 1997-y. dan boshlab paxta tolasidan mahsulot i. ch. yoʻlga qoʻyildi. Korxona tarkibida yiliga 6,3 ming t kalava ip i. ch. quvvatiga ega boʻlgan 1-va 2-yigiruv fkalari, yiliga 28,1 mln. m sur va 28,5 mln. m tayyor gazlama i. ch. quvvatiga ega boʻlgan toʻquv f-kasi, gul bosish-pardozlash f-kasi, Haqqulobod sh. dagi tikuv f-kasi bor. 1997-y. da Germaniyaning «Truchler», «Grossenxayner», «CSM» firmalarining zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan 2-yigiruv f-kasi ishga tushirildi va jahon bozorida raqobatbardosh ip gazlamalar tayyorlana boshladi. Janubiy Koreya va Turkiya davlatlariga paxta kalava ip eksport qiladi. Aksiyadorlik jamiyatida 5 mingga yaqin ishchixizmatchilar mehnat qilmoqda. 2002-y. da 6 ming t kalava, 22 mln. m sur gazlama, 21,9 mln. m tayyor gazlamalar, 320 ming m notoʻqima matolar ishlab chikarildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x