NAMANGANSKAYA PRAVDA

«NAMANGANSKAYA PRAVDA» («Namangan haqiqati») — Namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Namangan sh. da rus tilida haftada 1-marta chiqadi. Dastlab «Izvestiya Namanganskogo Sovdepa» («Namangan deputatlari kengashi xabarlari», 1917 — 20), «Rabochiy put» («Ishchi yoʻli», 1920-21), «Udarnik» («Zarbdor», 1934 — 45), «Za kommunizm», («Kommunizm uchun», 1941—58) nomlari bilan nashr etilgan. 1958-y. dan hoz. nomda. Gaz. da ijtimoiysiyosiy, maʼnaviy-madaniy hamda bozor islohotlariga oid taxliliy maqolalar keng yoritiladi. Shuningdek, undagi maxsus rubrikalarda sanʼat va adabiyot haqidagi xabarlar, ijodkorlarning asarlari muntazam chop etib boriladi. Adadi 1000 ga yaqin (2003).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x