NAMANGAN UNIVERSITETI

NAMANGAN UNIVERSITETI, Namangan davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar taiyerlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta farmoniga asosan 1992-y. 15-martda Namangan ped. in-ti (1942-y. da asos solingan) negizida tashkil etilgan. Un-tda 12 f-t (mat., fizikatexnika, xorijiy tillar, kimyo-biol., sanʼatshunoslik, ingliz filol. si, ped., iqtisodgeogr., jismoniy tarbiya, oʻzbek filol. si, tarix, yurisprudensiya), oʻquv, ilmiy, maʼnaviyat, marketing xizmati, monitoring boʻli-mi, maʼnaviyat, axborot va taxdil, til oʻrgatish, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazi, sotsiologik tadqiqotlar lab., 38 kafedra, bir kancha ilmiy lab. va oʻquv markazlari, biznes maktabi, akademik litsey bor; kutubxonalarida 500 mingdan ziyod asar saqlanadi (2003). Un-t 25 yoʻnalish (mat., amaliy mat., fizika, kasb taʼlimi, kimyo, biol., amaliy sanʼat, chizmachilik va tasviriy sanʼat, musiqa, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, slavyan filol. si, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ishlar me-todikasi, ped. va psixologiya, jismoniy tarbiya, iqtisod, geogr., oʻzbek filol. si, tarix, huquqshunoslik, mil-liy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, ijtimoiy-madaniy faoliyat) boʻyicha bakalavrlar, 16 ixtisoslik (fizika, mat., tarix, geogr., rus tili, oʻzbek tili, nemis tili, ingliz tili, kimyo, mehnat taʼlimi, huquqshunos-pedagog, tarmoqlar iqtisodiyoti, boshlangʻich taʼlim, fizika oʻqitish metodikasi, amaliy mat., oʻzbek adabiyoti) buyicha magistrlar tayyorlaydi. Un-tda aspirantura, doktorantura faoliyat koʻrsa-tadi. 2002/2003 oʻquv yili un-tda 5 mingga yaqin talaba taʼlim oldi, 350 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan, 20 fan d-ri va prof., 140 fan nomzodi va dotsent ishladi. Un-t bir kancha xorijiy davlatlarning nufuzli unt, in-tlari hamda xalqaro tashkilotlar b-n hamkorlik qiladi. Un-t faoliyati T. Fayzullayev, A. Aʼza-mov, M. Mamatov, N. Rahimov, A. Abdu-rahmonov, Sh. Abdullayev, I. Abdullayev va b. prof.oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Un-tda turli yoʻnalishlarda i. t. ishlari olib boriladi. 2003-y. gacha un-t 27 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x