NAMANGAN MUXANDISLIKPEDAGOGIKA INSTITUTI

NAMANGAN MUXANDISLIKPEDAGOGIKA INSTITUTI — muhandis-pedagoglar, muhandislar, iqtisodchipedagog va iqtisodchilar tayyorlay-digan oliy oʻquv yurti. Sanoat, transport, qurilish, mashinasozlik, oziq-ovqat va kimyoviy texnologiya, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, axborotlar texnologiyasi, elektroenergetika, menejment, buxgalteriya xisobi va audit qamda moliya yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Toshkent politexnika in-tining Namangan filiali negizida Namangan sanoat-texnologiya in-ti nomi bilan tashkil etilgan (1991). 1998-y. dan hoz. nomda. In-t kasb-hunar kollejlari uchun muhandis-pedagoglar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv yurti xisoblanadi. In-t tarkibida 7 f-t (mexanika, mashinasozlik, texnologiya, qurilish, informatika, iqtisodiyot, malaka oshirish), 27 kafedra, tadbirkorlik va biznes maktabi, akademik litsey, axborot texnologiyalari va masofaviy taʼlim boʻlimi, sport-sogʻlomlashtirish majmualari hamda bir qancha kasb va til oʻrgatuvchi kurslar faoliyat koʻrsatadi. In-tda bakalavriatning 17 taʼlim yoʻnalishi va magistraturaning 11 mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

In-t olimlari dolzarb yoʻnalishlarda, jumladan, oziq-ovqat resurslarini rivojlantirish, yangi qurilish materiallari yaratish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, xalq xoʻjaligida quyosh energiyasidan foydalanish, q. x. ekinlari hosildorligini oshirish kabi mavzularda nazariy va amaliy axamiyatga molik i. t. ishlari olib boradi. Bir qancha ilmiy ishlan-malar i. ch. ga joriy etilgan.

In-tda 230 dan ortiq prof.-oʻqituvchi, jumladan, 15 fan d-ri, prof., 110 dan ortiq fan nomzodi, dotsentlar ishlaydi (2003). In-tda aspirantura, magistratura, oʻquv-ilmiy kutubxona (PO mingdan ortiq asar) mavjud. In-t bir kator rivojlangan xorijiy mamlakatlar (AQSH, Germaniya, Gollandiya, Ja-nubiy Koreya, Fransiya) bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatgan. In-t tashkil topgandan beri 10 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi. In-tda 2002/2003 oʻquv yilida 4100 talaba taʼlim oldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x