NAMANGAN HAQIQATI

«NAMANGAN HAQIQATI»namangan viloyat hokimligining ijtimoiy-siyosiy gaz. Namangan sh. da oʻzbek tilida haftada 2-marta chiqadi. Dastlab «Ishchilar qalqoni» (1918—19), «Erkinlik» (1919—21), «Zarbdor» (1921-36), «Stalin haqiqati» (1936— 48) nomlarida chiqqan. 1958-y. dan hoz. nom-da. Gaz. da turli davrlarda Lutfulla Olimiy, Turgʻun Poʻlat, Husniddin Sharipov, Habib Saʼdulla, Hamid Nuriy kabi oʻtkir qalam soxibalari faoliyat koʻrsatishgan. «Namangan haqiqati»da uzoq yillar samarali mehnat qilgan Ibrohim Yusupov, Fazliddin Mirzayev, Ermamat Nurmatov, Hamidaxon Mamajono-va, Abdufattoh Rajabov, Gʻulomjon Akbarovlar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvonlariga sazovor boʻlishgan.

«Namangan haqiqati» viloyat xayotining koʻzgusi sifatida umumiqtisodiyot, sanoat, qish-loq xoʻjaligi, taʼlim va b. soxalardagi yangilik va oʻzgarishlarni, jismoniy tarbiya va sport masalasini keng va mufassal yoritadi. «Tadbirkor» nomli ilovasi ham bor. Gaz. adadi 5100 (2003).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x