NAJOT

«NAJOT» — jadidlar gazetasi. Turkistondagi oʻzbek jadid matbuotining nodir nashrlaridan biri. Rossiyadagi 1917-y. fev. inqilobidan soʻng Turkiston oʻlkasida oʻrnatilgan muvaqqat hukumat tomonidan nashr etilgan. Jami 20 soni chiqqan. Muharriri Munavvarqori boʻlgan. «N» fev. inqilobi tufayli barham topgan mustabid chor tuzumini keskin tanqid qilgan, fev. inqilobiga xayrixoxdik bildirgan, Turkiston xalqlarini, qaysi millatga mansublikdan qatʼi nazar, jipslashishga, sinfiy ayirmaga bormaslikka, mustaqil davlat barpo qilishga daʼvat etgan. «Najot»da davrning koʻzga koʻringan qalamkashlaridan Kamiy (shoir), Mahmudxoʻja Behbudiy, Xolmuhammad Oxundiy, Mirmulla Shermuhamedov, Mirmuhsin Shermuhamedov, Abdulla Avloniy, Toʻlagan Xoʻjamiyorov (Tavallo), Laziz Azizzoda, Abdulla Qodiriy, Shokirjon Rahimiy, Rauf Muzaffarov va b. hamkorlik qilganlar.

Ad.: Ziyo Said, Oʻzbek vaqtli matbuoti tarixiga materiallar (1870—1927); Tanlangan asarlar, T., 1974; Pidayev T., Matbuotmillat chirogʻi, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x