NAJMIDDINOV Tursun Xoʻjayevich

NAJMIDDINOV Tursun Xoʻjayevich (1901.15.12 — Toshkent —1972.14.3) — infeksionist olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), tibbiyot fanlari d-ri (1944), prof. (1944). Oʻrta Osiyo un-ti tibbiyot f-tini tugatgach (1928), shu un-t tropik kasalliklar kafedrasi ordinatori, assistenti, dotsenti (1928 — 32), ToshTI infeksion va tropik kasalliklar kafedrasi mudiri (1953 — 70), 1971-y. dan ilmiy konsultant. Asosiy ilmiy ishlari bezgak, brutsellyoz, gelmintoz, leyshmanioz, rishta, oʻlat, tif va paratif hamda epidemik gepatit kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolashga oid. Toshkent sh. dagi olim yashagan kucha, 2-ToshTI infeksion va tropik kasalliklar kafedrasi Najmiddinov nomi bilan ataladi.

As: Kratkoye rukovodstvo po vnutrennim i tropicheskim boleznyam, T., 1939; Klinika zatyajnoy malyarii v Sredney Azii, T., 1943; Lecheniya malyarii sinteticheskimi preparatami, T., 1950.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x