NAIM SAID

NAIM SAID, Saidov Naim (1902, Qoʻqon – 1939.2.6, Toshkent) – jurnalist va tarjimon. Qoʻqondagi Madrasa, «yangi usul» va «Namuna» maktablarida tahsil koʻrgach, Moskvaga borib, dastlab ishchilar f-ti (1923—24), soʻngra davlat jurnalistika in-ti (1925—28) da oʻqigan: Toshkentga qaytgach, «Qizil Oʻzbekiston» (1928—30) gaz. muharriri oʻrinbosari, soʻng «Yangi Fargʻona» gaz. masʼul muharriri (Koʻqon, 1930—31), Oʻzdavnashr bosh muharriri (1931 — 33) bulib ishlagan. Naim Said tarjimonlik faoliyatida oʻzbek tiliga ruscha soʻz va atamalarni olib kirish va oʻzbek tilining shu asosda ruslashtirilishiga qarshi ona tilining sofligi uchun kurashgan. Ayni paytda u arab yozuvidan lotin yozuviga oʻtish jarayonida xalq ommasi savodsiz boʻlib qolmasligi uchun «Kattalar uchun alifbo», «Savodsizlar uchun alifbo», «Chala savodlilar uchun alifbo», «Koʻrlar uchun alifbo» (1929—30), «Savodsizlar uchun oʻqish kitobi» (1936) singari oʻquv qoʻllanmalarini yaratgan. 20—30-y. lar oʻzbek matbuotida faol ishtirok etgan. Naim Said «Milliy ittihod» tashkilotiga aʼzo boʻlganlik va yoshlar oʻrtasida millatchilik kayfiyatini tarqatganlikda ayblanib hibsga olingan (1938.30.1) va qamoqxonada vafot etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x