NAGASAKI

NAGASAKI — Yaponiyadagi shahar, Kyusyu o. ning gʻarbida, Nagasaki qoʻltigʻi soxilida joylashgan. Nagasaki prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 423,2 ming kishi (2000). Yirik port. Yaponiyaning jan. suvlaridagi baliqovlash bazasi. Kemasozlik va kema taʼmirlashning yirik markazi. Mashinasozlik, oziq-ovqat, metallurgiya, toʻqimachilik, neft kimyosi, yogʻoch tilish sanoatlari rivojlangan. Un-t, savdo-sanoat muzeyi, qad. sanʼat va b. muzeylar bor. Shahar 12-a. dan maʼlum. 16 — 17-a. larda Nagasakida por-tugallar faktoriyasi boʻlgan. 2-jahon urushi oxirida, 1945-y. 9 avg. da shaharga tashlangan atom bombasi natijasida shaharning koʻp qismi vayron boʻlgan, 75 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan va yaralangan. Nagasaki erkin reja asosida kurilgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 16—19-a. larda qurilgan Suva ibodatxonasi, budda ibodatxonalari ansambllari, koʻpriklar, katoliklar cherkovlari saqlangan. 1945-y. 9 avg. dagi vayronagarchiliklardan keyin qayta qurilgan binolar qatorida Tinchlik bogʻi (xalqaro madaniyat markazi binosi b-n) va monumenti qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x