MYUZIKL

MYUZIKL (ing. musical — musiqali) — asosan, komediya xarakteridagi musiqali sahna asari. Zamonaviy estrada, maishiy musiqa, raqs, drama va operaning ayrim ifoda vositalaridan foydalaniladi. 19-a. ning 2-yarmida AQSHda yuzaga kelgan (Biknelning «Gʻamgin muttaham» spektakli, 1866). Ayniqsa, 20-a. da keng rivoj topdi. Rojersning «Oklaxoma» (1943), Louning «Mening goʻzal malikam» (1956), Bernstaynning «Vestsayd voqeasi» (1957), Germanning «Xello, Dolli!» (1964) Myuzikl lari butun dunyoga mashhur boʻldi. Ular jaz musika xususiyatlari, rivojlangan xoreografik sahnalar, keskin dramatik rivoji b-n ajralib turadi. Myuzikllar Oʻzbekiston teatrlarida ham qoʻyilgan («Lamanchlik kishi», M. Li; «Serdaromad joy», A. Berlin; «Mening goʻzal malikam», F. Lou va b.). Oʻzbekistonda Myuzikl, asosan, Bolalar te-atri sahnasida rivojlangan. V. Milov («Musiqa mamlakatidagi sarguzashtlar», «Ali bobo va 40 qaroqchi», «Boʻgʻirsoq», «Ajdaho va nay»), A. ErgashevTegirmon ustida oftob yarqilaydi», «Ilonqirolicha», «Qor malikasi»), A. Ikromov («Morozko», «Andersen ertaklari» va b.), A. Mansurov («Sindbadning sarguzashtlari») kabilar Myuzikl yaratganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x