MVANDA, Moanda — Gabon dagi dunyoda eng katta marganes koni, Yuqori Ogave yaqinida. Ruda 1962-y. dan qazib olinmoqda. Kelib chiqishi choʻkindi. Aniqlangan zaxirasi 400 mln. t chamasida. Tarkibidagi Mp 50% gacha. Asosiy koni Mvandaaholi punktida. Yiliga 2 mln. t dan ziyod ruda qazib olinadi.