Muzaffar Mirzarahimov — Hayajonlanaman

Har kuning go`zal bo`lsa deyman,
Ko`zlaring sani kulsa deyman.
Mayli, tunu-kun jonim halak,
Sani ko`ngling to`lsa deyman.

Sani shod etib man zerikmam,
Sani shodligingga sherikman.
Bir ko`rish uchun quvonchingni, quvonchingni,
Man yashayman, hayotman, tirikman.

Bugun yana sovg`alarni olarman,
Huzuringga huzurlanib borarman.
Yana seni yana xursand ko`ray deb,
Yonarman, yonarman.

Hayajonlanaman, hayajonlanaman,
Manga qiziq sani tuyg`ularing.
Shodlanasan – yana jonlanaman,
Manga yoqar sani kulgularing. (x2)

Nima orzu-tilaging,
Ne istaydi yuraging?
Ayt o`zimga, aytaqol,
Bir o`zimdan so`ragin.

Bo`lay sani qanoting,
Har daqiqa najoting.
Quvonchlarga to`ldirayin
Hayoting, hayoting.

Bugun yana sovg`alarni olarman,
Huzuringga huzurlanib borarman.
Yana seni yana xursand ko`ray deb,
Yonarman, yonarman.

Hayajonlanaman, hayajonlanaman,
Manga qiziq sani tuyg`ularing.
Shodlanasan – yana jonlanaman,
Manga yoqar sani kulgularing. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x