Muxlis uzum

Bir kuni Erkin akani yoʻqlab, uyiga bordim. Picha suhbatlashib oʻtirdik. Qaytayotganimda meni kuzatishga chiqib, bodring ekishga tomorqam boʻlmasayam, mana, oltiariqlik ekanimni bildirib, darvozaning yoniga uzum ekib qoʻydim, deb maqtandi. Bir qarashdayoq bildim, bu – daraxtlarga ilashib boʻlsayam meva qilaveradigan jaydari uzumlardan.

Erkin akaga buni yotiqroq tarzda shamalab, bu juda gʻalati uzum, mevasi shirin boʻlmasayam, tomiri bolalab, muxlislaringiz singari tobora koʻpayib boraveradi, dedim.

Oradan ikki oycha oʻtgach, Erkin aka uyushmamizdagi bir majlisda oldimga kelib dedi:

– Darvozamizning yonidagi uzumni muxlisingiz deb toʻgʻri aytgan ekansiz, shekilli. Yozda koʻcha tomondagi derazamizning fortochkasi ochiq turadi, uzumning bitta shoxi shu joydan ichkariga kirvolib, yangi yozayotgan sheʼrlarimni peshma-pesh oʻqib boryapti.

 

Anvar OBIDJON

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/muxlis-uzum/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x