MUVOZANATLASH

MUVOZANATLASH — mashinalarning aylanuvchi qismlari (turbina yoki elektr dvigatel rotori, avtomobillarda tirsakli vallar, shkivlar, gʻildiraklar va b.) ni barqarorlash. Buyumning bosh markaziy inersiya oʻqi, aylanish oʻqi va oʻz oʻqi bir-biriga nisbatan qanday joylashganligiga qarab, Muvozanatlash statik, dinamik va qayishqoq (elastik) usullarga boʻlinadi. Statik Muvozanatlash bosh markaziy inersiya oʻqi aylanish oʻqiga nisbatan parallel tarzda siljigan hollarda qoʻllaniladi. Dinamik Muvozanatlashdan bosh markaziy inersiya oʻqi aylanish oʻqiga nisbatan biror burchakka siljiganda, yaʼni oʻqlar buyumning ogʻirlik markazida kesishganda foydalaniladi. Qayishqoq Muvozanatlash usuli bosh markaziy inersiya oʻqining aylanish oʻqiga nisbatan siljishiga buyumning oʻqi egilishi sabab boʻlgan hollarda qoʻl keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x