MUVOZANAT

MUVOZANAT — 1) mexanikada — bironbir aniq mexanik tizimga (jismga) taʼsir koʻrsatayotgan barcha kuchlar oʻzaro tenglashgan holat. Jism barqaror, nobarqaror va befarq Muvozanatda boʻlishi mumkin. Jism Muvozanat holatidan biroz ogʻganidan soʻng yana eski holatiga qaytsa, bunday holat barqaror Muvozanat holati deb ataladi (rayem, a). Agar jism Muvozanat holatidan bir oz ogʻganidan keyin bu holatdan borgan sari uzoklasha boshlasa, bunday holat nobarqaror Muvozanat holati boʻladi (rasm, 6). Jism Muvozanat xrlatidan biroz ogʻganidan keyin yangi holatida qolsa, bunday holatga befarq Muvozanat holati deyiladi (mas, gorizontal sirtdagi shar) (rasm, v);

2) termodinamik Muvozanat — bironbir tizimning barcha qismlarida t-ra, bosim va b. makroskopik parametrlar bir xil boʻladigan holat. Har qanday izolyatsi-yalangan tizim vaqt oʻtishi bilan shunday Muvozanat holatiga erishadi;

3) kimyoviy M. — kimyoviy reaksiya borayotgan tizimning faqat qaytar reaksiyalar yuz beradigan holati. Bunday M. holatidagi tizimning holati parametrlari vaqtga bogʻliq boʻlmaydi, tarkibi barqaror boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x