MUVANG

MUVANG [asl ismi Jiman, Mutyanzi («Tangri farzandi My») deb ham ataladi! (? — mil. av. 947) — qad. Xitoydagi Gʻarbiy Chjou xonligi (mil. av. 11-a. — 777-y.)ning 5-hokimi (mil. av. 1001—947-y. lar), sayyoq. Pomir va Kunlun togʻlaridan chiqadigan nefrit toshini izlab Gʻarbga safar qilgan. Muvang hamroxlari bilan Chingxay oʻlkasi (Tibet togʻlarining yuqori qismi) orqali Tarim vohasiga kelgan. U yerda Oqqosh (Bayyuyxe) va Qoraqosh (Xeyyuyaxe) daryolaridan oʻtib Pomirga yetib borgan. Mahalliy hokimlar Muvangga Xoʻtanning nefrit toshlaridan yasalgan buyumlarni sovgʻa qilishgan. Pomir orqali gʻarb tomon yurib Toshqoʻrgʻonda toʻxtagan. Keyin Syunchi koʻliga yetib borgan. Bu yerdan Muvang ancha yoʻl yurib Si-vangmu davlatiga kelgan, soʻngra shim.-gʻarbga burilib safarini davom ettirgan. M. Qirshziston yaylovlari orqali yurtiga qaytgan. Agar Muvang yashagan davr hisobga olinsa, uning gʻarb safari bundan 3 ming yil muqaddam Oʻzbekiston Xitoy oraligʻidagi Buyuk ipak yoʻli orqali amalga oshganligi maʼlum boʻladi. Bu ushbu yoʻlning undan ham odsin mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.

Abdulahad Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x