MUTRIB XONAXAROBIY

MUTRIB XONAXAROBIY (taxallusi; asl ismi Muhammad Hasan Hoji Tabib oʻgʻli) , (1865-Xiva-1925) – shoir. Xivadagi Muhommad Aminxon madrasasiyaa tahsil olgan. Maqomchibastakor sifatida ham mashhur boʻlgan (Mutrib— sozanda, taxallusi shundan). Mutrib Xonaxarobiyning serqirra iqtidorini yuqori baholagan Feruz uni saroyga jalb etib, devonbegilik vazifasiga tayinlagan. Bu yillarda Mutrib Xonaxarobiy yozgan gʻazal va muxammaslar koʻplab bayozmajmualardan oʻrin olgan, jumladan, Tabibiy tuzgan ikkala tazkirada shoir asarlaridan koʻplab namunalar uchraydi. Mutrib Xonaxarobiy 20-a. ning 20-y. larida saroy tugatilgach, Xorazmda paydo boʻlgan mahalliy mat-buotda faol ishtirok etadi, «Xorazm xabarlari», «Inqilob quyoshi» gaz. larida adabiy xodim lavozimida xizmat qiladi. Ilk sheʼrlarini 1890-y. da yoza boshlagan. Uning bayoz, devon va majmu-alar orqali 14 ming misraga yaqin gʻazal, muxammas, musaddas, qasidalardan iborat adabiy merosi yetib kelgan.

Mutrib Xonaxarobiy qoldirgan ijodiy meros asosini ishq-muhabbat mavzuida bitilgan gʻazal, murabba, masnaviy, muxammas, musaddas va ruboiylar tashkil etadi. Uning xon va shoir Feruz shaʼniga bagʻishlangan qasidalari ham mavjud. Mutrib Xonaxarobiyning ilmmaʼrifatga daʼvat, hurriyat mavzularida yozilgan sheʼrlari mahalliy matbuot sahifalarida, shuningdek, Xivada 1924-y. da nashr etilgan «Yugʻurmiya» toʻplamida chop etilgan. Bu turkum sheʼrlarida («Koʻrung emdi xaloyiqqa…», «Bilinglar, ey xaloyiq», «Koʻngluma bir turfa soʻz keldi ravon» va b.) targʻibiytashviqiy ruh, xitob, daʼvat ohanglari hukmronlik qiladi.

Mutrib Xonaxarobiy merosining asosiy qismi 1909-y. da Muhammad Sharif ibn Muhammad Yoqub — Harrot tartib bergan devon (300 sahifa)da jamlangan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida 2 kichik devoni (inv. №903, 906) saqlanadi. Laffasiynint Feruz davridagi xorazmlik ijodkorlarga bagʻishlangan tazkirasida Mutrib Xonaxarobiyning «Shoh Komron» sheʼriy asari borligi xaqida maʼlumot berilgan.

Abdurashid Abdugʻafurov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x