MUTANT

MUTANTmutatsiya natijasida organizmning irsiy oʻzgargan formasi. Mutant tabiiy yoki mutagenlar taʼsirida paydo boʻlishi mumkin. Aksariyat Mutant boshlangʻich organizmlar (yovvoyi formalar)dan turli xil strukturaviy tuzilishi, funksiyasining buzilishi va koʻp hollarda hayotchanligi pasayishi bilan farq qiladi. Ayrim hollarda odatdagi muhit sharoitida ham (shu jumladan, sunʼiy tanlash jarayonida) qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha selektiv ustunlikka ega boʻlgan Mutantlar paydo boʻladi. Bunday Mutant oʻsimliklarning boshqa navlari, xayvonlarning yangi zotlari va mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratishda keng qoʻllanadi. Genetikada Mutantdan mutatsi-on jarayon krnuniyatlari, genetik ap-paratning ishlashi yoki har xil moddalar biosintezi yoʻllarini oʻrganishda foydalaniladi. Mutantlar tabiiy tanlanish uchun boshlangʻich material berishi tufayli organizmlar evolyutsiyasida muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x