MUTANABBIY

MUTANABBIY, (taxallusi; asl ism-sharifi Abu Tayyib Ahmad ibn alHusayn al-Mutanabbiy) (915, Kufa — 965, Raxt) — arab shoiri. Arab mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan va arab sheʼriyatida falsafiy lirika asoschilaridan biri. 12 yoshidan kasida, gʻazal va hajviy sheʼrlar ustasi sifatida shuhrat qozongan. Suriya, Misr va Iroq amirlari huzurida saroy shoiri boʻlgan. Hajviy sheʼrlari uchun dushmanlari tomonidan oʻldirilgan. Mutanabbiy asarlari (100 dan ortiqqasida va 200 ga yaqin sheʼriy parchalar) tilining boyligi, mazmundorligi va badiiy yetukligi bilan ajralib turadi. Ularda isyonkorlik, vatanparvarlik, erksevarlik ruhi juda kuchli boʻlib, arab va fors sheʼriyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x