MUSTAHKAMLIK, pishiqlik tor maʼnoda — materiallar (metall, yogʻoch, temir-beton va b.)ning tashqi kuch taʼsirida yemirilishga chidamlilik xususiyati; ken g maʼnoda — materiallarning ham yemirilishga, ham shaklini oʻzgartirishga (plastik deformatsiya, yaʼni qaytmas shakl oʻzgarishiga) qarshilik qilish xossasi. Materi-alning ham tashqi kuch, ham ichki kuch taʼsirida («oʻz-oʻzidan») yemirilishga chidamliligi pishiqlik deb ataladi. Pishiklik Mustahkamlikni ham oʻz ichiga oladi. Mustahkamlik jismni tashkil qiladigan atomlar, molekulalar va ionlarning oʻzaro taʼsirlashuv kuchlariga (bu kuchlarning kattakichikligiga) bogʻliq boʻladi. Mustahkamlik faqat materialning oʻziga emas, balki uning qanchalik zoʻriqqanligi (choʻzilganligi, qisilganligi, egilganligi va b.)ga, materialdan foydalanish sharo-iti [tra, kuch taʼsir etish tezligi va takrorlanish (sikllari) soni, atrof muhitning taʼsiri va b. ]ga xam bogʻliq boʻladi.
Yuqorida aytib oʻtilgan omillarning qaysi biri mavjudligiga qarab, Mustahkamlik pishiklik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, toliqish chegarasi va b. oʻlchovlar bilan ifodalanadi. Materiallarning Mustahkamlik gi chegaralari qiymati davlat standartlarida belgilab qoʻyiladi. Mustahkamlik shu qiymatga yetganda materialdan foydalanish xavfli hisoblanadi. Materiallarning Mustahkamlik chegarasi N/m2 (yaʼni muayyan yuzaga taʼsir qiladigan kuch) bilan oʻlchanadi.
Materiallarning Mustahkamlik gini oshirish juda muhim tadbir qisoblanadi. Buning uchun materialga termik (issiqlik) yoki mexanik ishlov beriladi, qotishmalarga legirlovchi qoʻshimchalar qoʻshiladi (q. Legirlash), material radioaktiv moddalar bilan nurlantiriladi, armaturalar va b. mustahkamlovchi elementlar bilan kuchaytiriladi (mas, temir-beton materiallarda beton ichiga temir armaturalar qoʻyib ketiladi).
Materiallarning Mustahkamlik gi masalalari b-n materiallar qarshiligi fani shugʻullanadi. Bironbir materialni muayyan bir maqsadda ishlatish uchun (mas, mashina detallari yasash, imorat qurish, relyelar tayyorlash va b.) u M. ka sinab koʻriladi (q. Materiallarni sinash). Buning uchun turli usullar, asboblar, mashinalar, stendlar, xisobkitoblar, formulalardan foydalaniladi. Sinash natijalari davlat standartlari koʻrsatkichlariga, albatta, mos kelishi shart.