MUSLIM ibn HAJJOJ

MUSLIM ibn HAJJOJ, imom Muslim (817 yoki 821—Nishopur — 875) — muhaddis, imom. Imom Buxoriydan keyingi hadis ilmining bilimdoni. Fiqxdan ham yaxshi xabardor boʻlgan. Yoshligida koʻp mamlakatlarga safar qilgan, jumladan, Hijoz, Misr, Suriya, Irokda boʻlgan. Ulamolarning qayd etishlaricha, u 300 mingdan ziyod hadisni oʻrganib chiqib, ulardan 12 mingtasini ishonchli (sahih) deb topgan va oʻzining «as-Sahih» («Sahihi Muslim») asariga kiritgan. Toʻplam musannaf shaklida tuzilgan.

Mazmunan uni «Sahihi Buxoriy»ning oʻzginasi deyish mumkin, lekin u boshka manbalarga asoslanib yozilgan. Muslim ibn hajjoj ibn H. isnodga alohida axdmiyat bergan. Kitob 52 boʻlimdan iborat, boʻlimlarning har birida oʻziga tegishli hadislar toʻplangan (mas, dinning 5 arkoni toʻgʻrisidagi, nikohga doyr, meros kridalariga bagʻishlangan, qurbonlikka oid, paygʻambarlar va sahobalar toʻgʻrisidagi, oxirat haqidagi, axloqqa oid va tibbiy mazmundagi hadislar). Tarixiy va biografik mazmundagi hadislar bu kitobning boy manba si-fatidagi qiymatini oshiradi. «As-Sahih» kitobi shariat boʻyicha qoʻllanma vazifasini oʻtashi lozimligi nazarda tutilgan. Bu asar axli sunna nazdida 6 ta mashhur sahih kitobning ikkinchisidir.

Muslim ibn hajjoj ibn H. bundan tashqari fikdga oid asarlar va muhaddislarga bagʻishlangan biografik toʻplamlar yaratgan, lekin yozganlari saqlanib qolmagan, bizgacha birgina «as-Sahih» asari yetib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x