MUSHRIF (taxallusi; ismi Mirzo Qalandar) (? — Isfara — 1825) — shoir va olim. Qoʻqon madrasasida oʻqigan. 1818-y. dan Umarxon saroyida lashkar qozisi vazifasini bajargan. Muhammad Alixon davrida Isfarada qozi boʻlgan. Forsiy va turkiyda ijod qilgan. Gʻazal va qasidalarida Umarxonni madh etgan, tabiat goʻzalliklarini tasvirlagan, insof va adolatni ulugʻlagan. M. Umarxon taklifi bilan «Shahnomayi nusratpayom» («Gʻalabadan xabar beruvchi Shoqnoma») asarini yozgan (1822). Asar Fazliynij «Umarnoma» dostoni asosida yaratilgan. Unda Umarxonning bolalikdan vafotiga qadar hayoti aks ettirilgan. Asar 19a. Qoʻqon adabiy muhitini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Mushrif sheʼrlaridan namunalar Fazliyning «Majmuai shoiron» tazkirasida uchraydi. «Risolayi askariy» kitobi hamda diniy mavzudagi «Daloyil ulhayrot» asarining arabchadan forsiyga qilgan tarjimasi hali topilmagan. «Shahnomayi nusratpayom» ning qoʻlyozmasi Rossiya FA Osiyo mamlakatlari in-tining Sankt-Peterburg boʻlimida (inv. № 471) saqlanadi.
Ly.: Qayyumov P., Tazkirayi Qayyumiy, T., 1998.