MUSHKETOV MUZLIGI

MUSHKETOV MUZLIGI — Markaziy Tyanshandagi Sarijaz tizmasining shim. yon bagʻrida joylashgan togʻvodiy muzligi, Sarijaz daryosining bosh tomonida, kenglik boʻylab sharqsan gʻarbga tomon choʻzilgan. Uz. 20 km chamasida, eni 1—1,8 km, mayd. 49,25 km2. Muzlikning 5 km uzunlikdagi pastki qismi morena bilan qoplangan. Mushketov muzligi vaqt-vaqti bilan balqib, quyi tomon choʻziladi va keyin yana qisqaradi. 20-a. ning 50-y. lari oxirida 2500 m surildi va maydoni 4 km2 ga koʻpaydi. Hoz. muzlik qisq-arib bormoqda. Muzlik chekkasidan Adirtoʻr daryosi (Sarijaz daryosining chap irmogʻi) boshlanadi. I. V. Mushketov nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x