MUSADDAS

MUSADDAS (arab. — oltilik) — har bandi 6 misradan tuzilgan musammat xillaridan biri. Aruzningturli vaznlarida, turli mavzularda yoziladi, a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-a… yoxud takror, tarje misralari, baytlari boʻlsa — a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-vv-v-a; a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-a-a tarzida qofiyalanib keladi. Musaddasda ham musammatlarning boshqa xillaridagi kabi shoir yoxud ikki shoir taxallusi keltiriladi. Shu taxalluslarga qarab Musaddas sheʼr mustaqil yoki tazmin usulida yaratilganligi aniqlanib olinadi. Birinchi usulda shoir oʻzining miyeralaridan iborat oltiliklar yaratadi. U sheʼriy devon, majmua va bayozlarda baʼzan «tabʼi xud (oʻzining) Musaddas» izohi bilan berilgan. Ikkinchi usulda esa shoir oʻziga yoqqan ustoz yoki zamondosh shoir yoxud oʻz gʻazalidan tanlab, shu gʻazal baytlari oldidan unga toʻrt-toʻrt yangi miyeralar qoʻshib, gʻazal baytlarini oltiliklarga aylantirganlar. 17—20-a. larda yashab ijod etgan shoirlardan Mashrab, Nishotiy, Uvaysiy, Munis, Huvaydo, Amiriy, Ogahiy, Nodira, Furqat, Avaz, Sidqiy Xondayliqiy, Tabibiy, Kamiy va b. M. lar yozishgan. Oʻzbek sheʼriyatidagi Musaddaslar orasida, ayniqsa, Furqat qalamiga mansub «Sayding qoʻyaber, sayyod», «Etmadim», «Uch xarobotiy» M. lari davr ruxining ifodalanishi, ijtimoiy mazmunining chukurligi, poetik jihatlarining oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x