MURZAK-KOBA

MURZAK-KOBAmezolit davriga oid gʻor. Qrimning Sevastopol sh. yaqinida joylashgan. 1936-y. S. N. Bibikov va Ye. V. Jirov topgan va oʻrgangan. Uning madaniy qatlamida mikrolitlar, xususan, kesgichlar, qirgʻichlar, tarashlangan tosh parrakchalar, prizmatik nukleuslar va b. chaqmoqtosh qurollar, suyakdan yasalgan bigizlar, teshgichlar va garpunlar uchraydi. Gʻordan kromanʼonlarning juft-juft koʻmilgan (er va xotin) qabri ochilgan. Murda chalqancha yotqizilib, qabr usti tosh bilan berkitilgan. Topilgan skeletlarning bosh suyaklari asosida antropolog Murzak-Koba Gerasimov ularning tashqi qiyofasini tiklagan. Gʻordan bugʻu, toʻngʻiz, yovvoyi qoʻy, ayiq, tulki, xonakilashtirilgan it, boʻrsiq va b. suyagi ham topilgan.

Ad.: Gerasi mov Murzak-Koba, Lyudi kamennogo veka, Murzak-koba, 1964.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x