MURMANSK VILOYATI

MURMANSK VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1938-y. 28-mayda tashkil qilingan. Shimoliy iqtisodiy r-nga kiradi. Rossiya Yevropa qismining shim.-gʻarbida, Kola ya. o. va materikning bir qismida joylashgan. Oq va Barens dengizlari bilan oʻralgan. Fap-bda Norvegiya va Finlyandiya bilan chegaradosh. Mayd. 144,9 ming km2. Aholisi 1016,6 ming kishi (1998). Asosiy aholisi ruslar (82,3 %), shuningdek, ukrain, belorus, saamlar, karellar va b. yashaydi. Shahar aholisi 91,8 %. Markazi — Murmansk sh. 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan. 16 shahar va 16 shaharcha bor. M. v. yer yuzasi past togʻlar, qirlar va botiklardan iborat. Kolaya. o. ning mayd. 100 ming km2ga yaqin. Shim. sohili baland, tik, jan. dagisi past, qiya. Yarim orolning gʻarbiy qismida Xibin togʻlari (bal. 1191 m gacha) joylashgan. Markaziy qismida Keyvi suvayirgʻich gryadasi bor. Kola ya. o. Boltiq qalkrnining shim. – sharqiy chekkasini tashkil qiladi. Murmansk viloyatida apatit rudalari, glinozem xom ashyosi, nikel va b. bor. Iqlimi Kola ya. o. janubiy kismida moʻtadil, dengiz iqlimi, shim. kismida subarktik, nisbatan yumshoq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. da —8°, markaziy qismida —13° gacha, iyulniki shim. da 8° va markaziy qismida 14°. Yillik yogʻin 350 mm dan 1000 mm gacha (togʻli r-nlarda). Murmansk viloyatida qutb kuni va qutb tuni almashinib turadi. Vegetatsiya davri 80—130 kun. Koʻp sonli ostonali daryolar va koʻllar bor. Shimoli yoʻsinlishaynikli tundra, jan. rogʻi oʻrmonli tundra va taygadan iborat. Tuproklari, asosan, podzol, botqoq, shim. da tundra tuproklari. Yovvoyi hayvonlardan bugʻu, los, rosomaxa, ayiq, tiyin, suvsar, tulki, oq tulki, ondatra, norka, oq sichqon, quyon yashaydi. Baliq turi koʻp. Murmansk viloyatida Laplandiya, Kandalaksha, Pasvik qoʻriqxonalari bor. Konchilik, rangli metallurgiya va baliq sanoatlari rivojlangan. Murmansk viloyatida dengiz suvi koʻtarilishi (qalqishi) va kaytishi bilan ishlaydigan Kislaya Guba elektr stansiyasi qurilgan. Yirik GRES bor. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (temir rudasi, apatit-nefelin, misnikel rudalari), rangli metallurgiya (birlamchi alyuminiy, tozalangan mis, nikel), baliq sano-ati, kimyo (apatit konsentrati), qora metallurgiya (temir rudapi konsentrat). Yirik korxonalari — «Severoni-kel», «Pechenganikel» k-tlari (tozalangan mis, nikel, kobalt, oltin-gugurt kislotasi), Kandalaksha alyuminiy z-di (birlamchi alyuminiy), Olenegorsk, Kovdor ruda boyitish k-tlari, «Murmanribprom» korxonasi, «Nerpa» kemaremont z-di. Kola AES, daryolarida GES kaskadlari bor. Asosiy sanoat shaharlari: Murmansk, Apatit, Kandalaksha, Monchegorsk, Kirovsk, Olenegorsk. Q. x. ningetakchi tarmogʻi — chorvachilik. Krramol (sut-goʻshtli zotlari), choʻchqachilik, bugʻuchilik, parrandachilik rivojlangan. T. y. 900 km dan ziyod, shundan 341 km elektrlashtirilgan. Dengiz transporti muxim rol oʻynaydi. (asosiy porti — Murmansk). Avtomobil yoʻllari — 2 ming km. Aeroport bor. Muntazam havo liniyalari Murmanskiy Moskva, Sankt-Peterburg, Arxangelsk, Petrozavodsk sh. lari bilan bogʻlaydi. 3 oliy ukuv yurti, Rossiya FA ning Kola filiali, Qutb i. t. markazi, dunyoda eng shim. Qutbiy botanika bogʻi va b. ilmiy muassasalar mavjud. 2 muzey, 2 teatr, sanatoriy bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x