MURGʻOB

MURGʻOBAfgʻoniston va Turkmanistondagi daryo. Uz. 978 km, xavzasining mayd. 469 ming km2. Afgʻoniston hududidagi Paropamiz togʻlaridan boshlanib, Bandi-Turkiston va Sa-fedkoʻh tizmalari oraligʻidagi tor vodiydan oqadi. Turkmaniston hududida vodiy kengayadi, bu yerda irrigatsiya tarmoqlari barpo etilgan. Daryo Qoraqum choʻliga chiqqandan soʻng quruq delta hosil qiladi. Mari sh. dan yuqoriroqda Murgʻobni Qoraqum kanali kesib oʻtgan. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi oʻrta oqimida 52m3/sek. Martmay oylarida suvi koʻpa-yadi, qishda daryo toshadi. Suviningloyqaligi 4500 g/ m3. Irmoqlari: ungda — Obiqaysar, chapda — Kashan, Kushka. M. suvi sugʻorishga sarflanadi. Murgʻob boʻyida Yoʻloʻtan, Mari, Bayramali sh. lari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x