MURCH (Piper nigrum) — murchdoshlar oilasiga mansub ilashib oʻsuvchi koʻp yillik oʻsimlik (liana). Poyasininguz. 15 m cha, diametri 8—12 mm. Bargi keng, tuxumsimon, nayza uchli. Gullari mayda, sargʻish, toʻpguli shingilsimon. Mevasi bir urugʻli, qizil, pishgach sargʻayadi, pishmagani quritilsa qora-yib bujmayadi. Hindiston, Hindixitoy, Seylon, Sumatra, Yava va Borneo, Lagos, Gana, Mavrikiy va Madagaskarda, Katta Antil o. larida va Brazili-yada koʻp ekiladi. Uzbekistonda aksari-yat issiqxonalarda oʻstiriladi. Qalamchasidan koʻpaytiriladi, 2—3-yili meva tugib, yiliga ikki marta ( tupidan 2—4 kg) hosil beradi. Dunyo boʻyicha yiliga 55—60 ming t M. yetishtiriladi. Mevasini yumshoq eti bilan quritib, qora murch, etidan tozalab va yanchib oqmurch olinadi. Mevasi oziq-ovqat sanoatida va oshpazlikda ishlatiladi. Tarkibida piperin, piperidin alkaloidlari va efir moyi (1 — 1,5 %) bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые