MURMANSK

MURMANSK (1917-y. gacha Romanov na Murmane) — RF Murmansk viloyatidagi qahramon shahar (1985), Murmansk viloyati markazi, Barens dengizining Kola qoʻltigʻi sohilidagi muzlamaydigan port. T. y. stansiyasi. Aholisi 388,3 ming kishi (1998). Sanoatining asosiy tarmoqlari — baliq ovlash va baliqni qayta ishlash, kema tuzatish, qurilish materiallari i. ch. M. da t-ral, seld ovlash va qabul-transport flotlari bor. Qutb i. t. va dengiz baliqxoʻjaligi va okeanografiya loyihalash in-tlari, 3 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, oʻlkashunoslik, badiiy, harbiydengiz muzeylari bor. M. Kola qoʻltigʻida dengiz porti qurilishi va Murmansk t. y. oʻtkazilishi munosabati bilan vujudga kelgan. 1930-y. dan M. Shim. dengiz yoʻlining boshlanish joyi. 2-jahon urushi y. larida Murmansk porti muhim strategik ahamiyatga ega boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x