MURAKKAB OʻGʻITLAR

MURAKKAB OʻGʻITLAR — tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur bir necha element (azot va fosfor, azot va kaliy, fosfor va kaliy yoki azot, fosfor, kaliy) boʻlgan va yagona texnologi k jarayonda olinadigan kimyoviy birikmalar. Murakkab oʻgʻitlarda ballast moddalar boʻlmaydi, ular yuqori konsentratsiyali oziq elementlarga ega, ularni tashish, saqlash va tuproqqa solish ancha arzonga tushadi va tarkibidagi oziq elementlarini oddiy oʻgʻitlarga karaganda oʻsimlik yaxshi oʻzlashtiradi. Murakkab oʻgʻitlarga ammofos, diammofos, ammoniylashgan superfosfat, kaliyli selitra, nitroammofoska, nitrofoska, kalsiy polifosfati, suyuklantirilgan kaliy metafosfati va kaliy, kalsiy pirofosfati, mochevina-fosfatlar, fosfoammomagneziya vab. kiradi. Murakkab oʻgʻitlarda oziq moddalari NPK nisbati bilan belgilanadi, mas, 1:1:0,5. Oziq moddalarning umumiy mikdorini bilib, oʻgʻitdagi azot, fosfor va kaliy mikdorini topish oson. Murakkab oʻgʻitlarni hamma turdagi tuproqlarda har xil ekinlar uchun qoʻllash mumkin. Oʻgʻitlarni ishlatish meʼyorlari oʻgʻit tarkibidagi NPK miqdori, oʻsimlik ehtiyoji va tuproq xususiyatlariga qarab belgilanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x