MURABBIYLIK

MURABBIYLIK — yoshlarga axloqodob, kasb-hunar, ilm-fan sohalarini oʻrgatish, sanʼat, sport mashgʻulotlariga rahbarlik qilish faoliyati. Murabbiylik oilada, mahallada, taʼlimtarbiya muassasalarida, mehnat va jamoat tashkilotlarida amalga oshiriladi. Bolalar va oʻsmirlarning turli yosh davrlarida Murabbiylik turlicha mazmun va yoʻnalishda olib boriladi. Goʻdaklik va bogʻcha yoshi davrlarida bolaning nutqi, axloq-odobi va ilk dunyoqarashini shakllantirishga ota-ona, tarbiyachi va enagalar Murabbiyliklik qiladi. Maktab, akademik litsey, kasb-xunar kolleji, oliy oʻquv yurtida pedagog-oʻqituvchilar, i. ch. korxonalarida esa oʻz kasbini puxta egallagan, pedagoglik koʻnikmalarni oʻzlashtirgan, usta nomini olgan tajribali ustozlar Murabbiylik qiladilar. OʻzRda eng yaxshi murabbiylarga «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy~ unvoni taʼsis etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x