MUOVIYA I

MUOVIYA I (? – 680) – umaviylar sulolasi asoschisi va shu suloladan boʻlgan dastlabki xalifa (661—680). Quraysh qabilasi zodagonlaridan. 639-y. dan Suriyada noib. 657-y. xalifa Ali va uning oʻlimidan soʻng xorijiylar bilan kurash olib borgan, 661-y. xalifa deb eʼlon qilingan. Xalifalar hokimiyatini merosiy qilgan. Muoviya I davrida xalifalik poytaxti Damashq sh. ga koʻchirilgan. Muoviya I siyosati arab qabila zodagonlarining manfaatini ifodalagan. Yirik diplomat va maʼmur boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x