MUNKACHI

MUNKACHI (Mynkacsy), asli Lib (Lieb) Mixay (1844.20.2, Ukrainaninghoz. Munkachevo sh. — 1900.1.5, Germaniyaning Bonn sh. yaqinida) — ven-ger rassomi, 19-a. venger tasviriy sanʼatida realizm asoschilaridan. E. Samoshi (1862— 6E), Vena va Myunxen BA (1865—68), Dyusseldorfda L. Knaus (1868—69) da tahsil koʻrgan. Dyusseldorf va barbizon maktablari rassomlari hamda G. Kurbedan ilhomlangan. Dastlabki asarlari romantik oxanglarga boy («Dashtda momaqaldiroq», 1867 va b.). 1870 – y. larda inqilobiy demokratik gʻoyalar taʼsirida ijtimoiy tanqidiy ruxdagi oʻtkir psixologik ishonchliligi va yorqin xalq vakillari bilan ajralib turgan asarlar yaratdi. «Oʻlimga hukm qilinganlar kamerasi» asari rassomga olamshumul shuhrat keltirdi. Koʻp shaklli lavhalar ustida ishlagan Munkachi asarlarida dramatik qudrat va kompozitsiya yaxlitligiga erishdi. 1870-y. lardan oʻtkir ifodali manzara va portretlar («Laslo Paal», taxm. 1876—77 va b.) bilan bir qatorda salon va akademizm xususiyatlariga ega boʻlgan asarlar («Mana odam», 1896 va b.) ham ishladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x