Munavvarqori. Himmatli faqir


Post Views:
14

Bir zamonda chiqmish ekan saxovatli bir kishi,
Faqirlarga shafqat ekan kecha-kunduz qilmishi.
Har kun qilib bir qozon osh, muhtojlarga berardi,
Siylar edi miskinlarni, ochlarni to‘ydirardi.
Qayda ko‘rsa kambag‘alni, yetimlarni, tullarni,
Pul berardi, qutqazardi asirlarni, qullarni.
O‘z ko‘nglida o‘ylar edi: ko‘p yaxshidir bu ishi,
Topilmaydi hech o‘rinda bunday himmatli kishi.
Muhtojlarni izlab bir kun kezdi ko‘cha-kuylarda,
Masjidlarda, mozorlarda, eski-tuski uylarda.
Bir buzuq uy: devor, tomi har tomonga yiqilgan,
Burchagida bir kambag‘al o‘tiribdir siqilgan.
Qo‘lga olgan tol novdani, tinmay savat to‘qiydur
Lablarini pichirlatib bir narsani o‘qiydur.
Hech tomonga qaramaydir, peshonasi terlagan,
Kiyimlari yirtiq-yirtiq, yuz-qo‘llari qirilgan.
Oltmish-etmish yoshga yetgan, yaxshigina qartaygan,
Kambag‘allik, ish mehnatda rangi-ro‘yi sarg‘aygan.
Buni ko‘rgach, ul saxiyning yuraklari ezildi,
Ko‘zlaridan chiqqan yoshlar yuzlariga tizildi.
Borib aytdi: “Ey otajon, bu o‘rinni qo‘yingiz!
Tayin qilay bir yaxshi joy, ul yer bo‘lsin uyingiz.
Rohat qiling, qartayibsiz, kiyim, taom berayin,
Qanday narsa istasangiz, uni tamom berayin!”
Bu so‘zlarga quloq soldi u kambag‘al ishchi chol,
Kulib dedi: “Rahmat, ammo menda bordir bir xayol:
O‘zgalarning tekin nonin och qolsam ham olmasman,
O‘z kuchim-la bir parcha non topib, uni tishlarman
To tanimda jonim bordir, kasbimdan qolmasman
Hozir mening ko‘zim ko‘rar, qo‘lim tutar, ishlarman,
Shul sababli taklifingiz manga to‘g‘ri kelmaydir,
Tekin nonga kim o‘rgansa, himmat nadir bilmaydir”.
Eng himmatli manman degan saxiy buni tingladi,
Kambag‘al chol himmatining ortig‘lig‘in angladi.

Metodik-bibliografik qo‘llanma

© Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti,

2008 yil

https://shosh.uz/uz/munavvarqori-himmatli-faqir-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x