MUMTOZ MAHAL BEGIM

MUMTOZ MAHAL BEGIM (asl ismi Arjumand bonu) (taxm. 1594, Mashhad — 1631.17.6, Burhonpur) — boburiy malikalardan. Shoh Jahonnnj suyukli xotini. U asli eronlik boʻlib bobosi va ota-onasi Hindistonga koʻchib kelib, Akbarshoh xizmatiga kiradi. 1611-y. da Arjumand bonuning ammasi Nurjahon (Mehriniso) Jahongirshohga turmushga chiqqach, Arjumand bonuning bobosi Eʼtimod ud-Davla bosh vazirlik mansabiga, otasi Eʼtiqodxon (Osafxon) esa saroy boshqaruvchisi lavozimiga koʻtariladi. 1613-y. 19 yoshli Arjumand bonu 21 yoshli shahzoda Xurram (Shoh Jahon)ga turmushga chiqadi. Arjumand bonu tez kunda tadbirkorligi, nozik tabiati, iffati, tengsiz husnlatofati, ayrim kelishmovchiliklarni oson xal qilishi bilan saroy ayonlari oʻrtasida katta eʼtibor krzonadi. Shuning uchun koʻp oʻtmay u Mumtoz mahal begim (saroyning kurki) deya atala boshlandi. 14-farzandini tugʻishda vafot etgan. Oʻlimi oldidan unga atab dunyoda tengi yoʻq maqbara bunyod etishni eridan iltimos qilgan, katta qizi Jahonoro begimsan esa Shoh Jahonning hrlidan xabar olib, unga gʻamxoʻrlik qilib turishni vasiyat qilgan. Shoh Jahon Mumtoz mahal begimga atab Agrada Tojmahalni bunyod etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x