MULTIVIBRATOR

MULTIVIBRATOR (multi… va lot. vibro — tebrataman) — ikki kuchaytirgich (lampa) li elektr tebranishlar generatori. Ikkala kuchaytirgich oʻzaro musbat teskari aloqa bilan bogʻlangan. Multivibratorning elektron lampalar, tranzistor, tiristor va integral sxemapardan yasalgan bir necha variantlari bor. M. da tebranish birdaniga bir holatdan (lampa L1 — ochiq, lampa L2 — berk) ikkinchi teskari holatga (lampa L, — berk, lampa L2 — ochiq) oʻtadi (1rasm). Multivibratorda Gs dan minglarcha kGs chastotali toʻlqinlar hosil qilish mumkin. Tranzistorli Multivibrator keng qoʻllanadi. Agar bir tipdagi (r—p—r yoki p—r—p) tranzistorlardan foydalanilsa, kuchaytirgichlar galmagal uygʻonadi (G, vaqtda bir kuchaytirgich, T2 vaqtda ikkinchi kuchaytirgich uygʻongan holatda boʻladi, 2rasm). Bunday Multivibrator ikki fazali Multivibrator de-yiladi. Koʻp fazali (p fazali) Multivibratorlar ham bor. Multivibrator televideniye, radiolokatsiya va b. da aloqa impulyelari olish, chastotani koʻpaytirish va boʻlish hamda elektr zanjirlarni kontaktsiz almashlab ulashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x