MULTIPLIKATOR

MULTIPLIKATOR — 1) mashina valining aylanishlar chastotasini (sonini) oshirish uchun moʻljallangan qurilma. Kuchaytiruvchi tishli uzatmalardan iborat. Alohida mexanizm tarzida tayyorlanadi. Mashina valining aylanishlar chastotasi muayyan opera-siyani bajarish uchun yetarli boʻlmagan hollarda Multiplikatordan foydalaniladi. Multiplikator asosan turli sinov ishlarida, lab. da qoʻllanadi;

2) suyuklikning bosimini oshirish uchun moʻljallangan gidravlik qurilma. Birbiriga tutashtirilgan ikki silindrdan iborat (rayem). Silindrlardan biri yuqori bosimga, ikkinchisi past bosimga moʻljallanadi. Past bosim silindrida katta diametr (D) li porshen joylashgan. U yuqori bosim silindrida joylashgan kichik diametr (d) li plunjer b-n biriktirilgan. Ish silindriga boradigan bosim R dan – g – marta (40—60-marta) katta boʻladi. Multiplikator gidravlik presslarda, pnevmogidravlik kuchaytirgichlarda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x