MUHITDINOV Nuriddin Akramovich (1917.19.11, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi, diplomat. Moskvadagi savdo-kooperativ in-tini tugatib (1938), turli lavozimlarda ishladi. 2-jahon urushi qatnashchisi. 1946y. dan uning siyosiy faoliyati boshlandi. Namangan viloyat partiya qoʻmitasi kotibi va 1-kotibi (1947 — 50), Uzbekiston Kompartiyasi Ministrlar Soveti raisi (1951—53, 1954-55), Uzbekiston Tashqi ishlar vaziri (1953 — 54), Uzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1955—57), KPSS MK kotibi (1957—61). KPSS MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod (1956—57), aʼzo (1957—61). Sentrosoyuz boshkaruvi raisi oʻrinbosari (1962—66), SSSR Ministrlar Soveti Xorijiy mamlakatlar bilan madaniy alokdlar komiteti ra-isining 1-oʻrinbosari (1966—68), SSSRning Suriyadagi elchisi (1968 — 77), SSSR savdosanoat palatasi raisining oʻrinbosari (1977—85), Uzbekiston SSR Ministrlar Sovetining maslahatchisi (1986— 87), «Yodgorlik» tarixiy madaniy meros jamiyati raisi (1987—96), «Oltin meros» Xalqaro xayriya jamgʻarmasi bosh maslahatchisi (1996-y. dan).
As: Kremlda oʻtgan yillarim, 1kitob, T., 1995; Reka vremeni, Muhitdinov, 1995.