Muhiddinxo‘ja qozi


Post Views:
37

MUHIDDINXO‘JA QOZI (1841–1902) – o‘zbek ma’rifatparvari. So‘nggi Toshkent qozikaloni – Hakimxo‘ja o‘g‘li. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Toshkentning Sebzor dahasidagi Isaxonxo‘ja madrasasida mudarrislik qilgan. Toshkent chor Rossiyasi askarlari tomonidan qamal qilinib, aholi qirilib ketish arafasida turgan paytda (1865 yil iyunida) Muhiddinxo‘ja qozi Abulqosim eshon, Solihbek oxund va o‘z otasining topshirig‘iga ko‘ra, g‘oyat xavfli vaziyatda M.G.Chernyayev qarorgohiga borgan, unga maxsus maktub topshirib, shaharni nisbatan yengil shartlar bilan taslim bo‘lishi tadbirlarini ko‘rgan. Otasi vafotidan so‘ng, 60-yillar oxiridan – Sebzor dahasi qozisi.

Muhiddinxo‘ja qozi 1884 yildan «Turkiston viloyatining gazeti» bilan hamkorlik qilib, ilk o‘zbek publitsistlaridan biri sifatida tanilgan. Muhiddin qozi o‘tmish madaniy obidalarini avaylab saqlashga jiddiy e’tibor qaratgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarining jahonda yagona mukammal nusxasi Muhiddin qozi va avlodlari sa’y-harakati bilan bizgacha yetib kelgan.

Muhiddinxo‘ja qozi 1886 yil Sebzor dahasidagi 3-son rus-tuzem maktabini qurdirgan va umrining oxirigacha unga faxriy nozir bo‘lgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/muhiddinxo-ja-qozi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x