MUHAYYIR

MUHAYYIR (taxallusi; asl ismi Muhammadqul Muhammadrasul oʻgʻli) (1842, Koʻqon — 1918, Rishton tumani) — shoir, tarjimon va xattot. Oʻzbek va forstojik tillarida ijod qilgan. 1875— 85 y. larda Buxoro madrasalarida oʻqigan. Muhayyirning oʻz qoʻli bilan koʻchirgan mukammal devonining 2 nusxasi mavjud. Devonida 350 gʻazal, 35 muxammas, 3 musaddas, 6 murabba, 2 tarjeʼband, 73 ruboiy va «Qirq hadis»ning sheʼriy yoʻl bilan qilingan tarjimasi bor. M., shuningdek, «Saloti Masʼudiy» nomli fiqh ilmiga oid forscha kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1870-y. da Alisher Navoiyning terma devonini ham nastaʼliq xatida koʻchirgan. Muqimiy, Furqat, Muhyi, Zavkiy, Nodim Namangoniy va Muntazirlar bilan yaqin ijodiy munosabatda boʻlgan. Lutfiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy va Alisher Navoiy gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan, naziralar yozgan. Sheʼriyatida tasavvufiy ohanglar, ramz va ishoralar ham bor. Ijodiy merosining umumiy hajmi 10000 misradan oshiqroq. 3 qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. №7493, 19111) va Oʻzbekiston FA Davlat adabiyot muzeyida saqlanadi (inv. №241). Ad.: Tanlangan sheʼrlar, T., 1967; Devon, T., 2000.

Akram Dehqonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x