MUHAMMADVALI GʻORI — Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidagi gʻor. Chilustun togʻining shim. yon bagʻrida, 1085 m balandlikda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorni birinchi boʻlib akad. D. I. Shcherbakov tekshirgan (1931). Gʻor ogʻzi shim.-sharq tomon ochilgan (eni 1,6 m, bal. 2,5 m) . Gʻor shipi va devorlari kalsiy mineralidan tashkil topgan hosilalar bilan qoplangan gumbazsimon xonadan boshlanadi (uz. 3 m, bal. 2,7). Undan ichkariga tomon bir qancha yoʻlaklar (uz. 3,5 m gacha, bal. 2 m gacha, eni 2,5 m gacha) davom etadi hamda yana 4 ta xona (uz. 3,5 — 22 m, eni 2,5—4 m, bal. 1,7—5 m ) tutashgan. Gʻor sahni notekis, oxirida pasayib tor yoriqqa aylanadi. Bu qismida suv yigʻilib qolgan. Gʻorning umumiy uz. 57 m, mayd. 92 m2, hajmi 276 m3.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые