MUHAMMADDINOV

MUHAMMADDINOV Najimaddin (1937.26.8, Qoraqalpogʻiston, Taxtakoʻpir tumani) — qoraqalpoq kompozitori. Qoraqalpogʻiston (1974) va Oʻzbekiston (1977)da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Olmaota konservatoriyasini tugatgan (1971). Berdaq nomidagi Qoraqalpoq filarmoniyasi badiiy rahbari (1971—77), Qoraqalpogʻiston kompozitorlar uyushmasi raisi (1977 — 88), Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri (1986—99), Nukus sanʼat kolleji direktori (1999-y. dan). «Birinchi qoraqalpoq simfoni-yasi», birinchi milliy opera («Ajiniyoz», 1987) va baleti («Ayjamal», 1997) ni yaratgan. Simfonik va vokalsimfonik, kamer-cholgʻu (fortepiano uchun sonata, variatsiyalar va b.) va ka-mervokal (mas, «Nereste» balladasi) asarlari, «Keng dala», «Quvnoq oʻlkam», «Boʻlmas», «Yeryor aytayin», «Mustaqillik gullari» qoʻshiklari muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x