Muhammad Solihxo‘ja


Post Views:
32

MUHAMMAD SOLIHXO‘JA domla Rahmatxo‘ja o‘g‘li (taxminan 1830–1889) – toshkentlik tarixchi va geograf olim. Toshkentning Shayxontohur dahasidagi «Qoryog‘di» mahallasida tug‘ilgan va shu yerda yashab ijod qilgan. Muhammad Solihxo‘ja bobosi mulla Rahimxo‘ja o‘z nasabnomasi bilan Shayx Xovandi Tohurga (14-asr) borib ulanishini va u Toshkentning «Qiyot» mahallasidagi Bekmuhammadbiy masjidida imomlik qilganligini va dars ham berganligini ta’kidlaydi. Otasi domla Rahmatxo‘ja (laqabi Qoraxo‘ja eshon) o‘z davrining bilimdon ziyolilaridan bo‘lgan. Muhammad Solihxo‘ja dastlab bobosi qo‘lida o‘qigan. So‘ngra Toshkentdagi Eshonquli dodxoh, Beklarbegi, Xoja Ahror, 1850 yilda (6 oy) Qo‘qondagi Azimboy va 1856–62-yillarda Buxorodagi Ko‘kaldosh madrasalarida tahsil olgan. 1862 yilda Toshkentga qaytgan va bobosi imomlik qilgan o‘sha Qiyot mahallasidagi masjidda imom bo‘lgan va dars ham bergan. Muhammad Solihxo‘ja Turkistonning turli joylariga (Toshkent viloyati, Qo‘qon, Namangan, O‘sh, Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz) safar qilgan. U o‘z sayohatlarida olimlar bilan hamsuhbat bo‘lgan, turli diqqatga sazovor joylarni borib ko‘rgan, tog‘-toshlar (xususan Toshkent viloyati) tabiatini o‘rgangan. Toshkent mudofaasida (1865) faol ishtirok etgan.

Muhammad Solihxo‘ja 1863–88-yillarda yozgan «Tarixi jadidayi Toshkand» («Toshkentning yangi tarixi», uning yana bir nomi «Tarixi viloyati Toshkand» – «Toshkent viloyatining tarixi») asari bevosita Toshkent tarixiga bag‘ishlangan birdan-bir kitobdir.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/muhammad-solihxo-ja/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x