MUHAMMAD AMINXON

MUHAMMAD AMINXON (1817-55) — Xiva xoni (1846—55). Olloqulixonning oʻgʻli. Xiva xonligini iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan oldingi xonlar siyosatini davom ettirdi. Atrofidagi barcha isyonkor turkman qabilalarini boʻysundirdi va xonlik daromadini oshirdi. Muhammad Aminxon oʻz hukmronligi davrida Xuroson va Marvga 10-martadan koʻproq qoʻshin tortib bordi. Xonlik poytaxti boʻlgan Xiva sh. da va uning atrofida keng miq-yosda qurilish va obodonlashtirish ishlarini olib bordi. Xiva sh. da qurilgan Muhammad Aminxon Madrasasi va uning yonidagi hashamatli Koʻk (Kalta) minora shular jumlasidandir. Hali bitmagan minorani shu davr sho-irlari «Falak ayvoniga qoʻyilgan us-tundek» deb taʼrifladilar. Muhammad Aminxon Xorazm poytaxtini Koʻhna Urganch (qad. Gurganj)ga koʻchirish uchun u yerda ham koʻp qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdi. Lekin, Saraxs (Turkmaniston)da turkmanlar bilan boʻlgan jangda halok boʻddi.

Ad.: Mankovskaya L., Xiva, T., 1982; Xudoyberganov K., Xiva xonlari shajarasi, Urganch, 1996; Abdurasulov A., Xiva [tarixiy-etnografik ocherklar], T., 1997.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x